Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi madrasa, kutubxona va muzey qurish haqida ko‘rsatma bergan

Prezident Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi madrasa, kutubxona va muzey qurish haqida ko‘rsatma bergan

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi qurilayotgan masjidga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishi haqida xabar bergan edik. 27 yildan beri bitmayotgan masjid tarixi, qurilish ikki marta boshlanib, turli sabablarga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilgani haqidayam ma’lumot berilgan edi.

«Islom.uz» portalining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rahbari Chilonzor tumanida barpo  etiladigan jome’ masjid hududida ulkan kutubxona va madrasa barpo etish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar o‘tkaziladigan 300 o‘rinlik konferens-zal ham qurish haqida ham ko‘rsatma bergan.

Shuningdek, bu yerda o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, xalqimizning iftixori bo‘lgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyi ham tashkil qilinadigan bo‘ldi. Muzeyda Hazrat yozgan asarlarning qo‘lyozmalari hamda u zotga tegishli boshqa osori atiqalar, esdaliklar keng omma e’tiboriga havola qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring