Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ShHT davlatlari turizm bo‘yicha hamkorlik qiladi

ShHT davlatlari turizm bo‘yicha hamkorlik qiladi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bugun, 9-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning milliy turizm ma’muriyati rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, shuningdek, ShHTga azo davlatlarning turizm bo‘yicha rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatlarda sayyohlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ishchan va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuvda ShHTga a’zo davlatlar 2019-2020-yillarda o‘rtasida turizm sohasida ShHT a’zo davlatlari hamkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish rejasini tasdiqladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring