Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev barcha hokimlarni Farg‘onaga olib bordi

Shuhrat G‘aniyev barcha hokimlarni Farg‘onaga olib bordi

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar hokimlari bilan birga Farg‘ona viloyatiga borishgan.

Ularga hokimlarning investitsiyalar va tashqi savdo hamda qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul o‘rinbosarlari, vazirlar va ularning o‘rinbosarlari, respublika tashkilot va idoralari, tijorat banklari rahbarlari hamrohlik qilganlar.

Ular viloyatdagi yirik investitsion loyihalar, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallabay ishlash, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring