Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliqdan qarz bo‘lganlarning chirog‘ini o‘chirib qo‘yish rejalashtirilyapti

Soliqdan qarz bo‘lganlarning chirog‘ini o‘chirib qo‘yish rejalashtirilyapti

Tegishli qaror bilan Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining soliq munosabatlarini tashkil etishda yangicha yondashuvni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullandi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalaniladi.

28-noyabrdagi PQ-364-son qarorning tegishli bandida ushbu mexanizmning qanday ishlashi haqida aniq tafsilotlar berilmagan.

Biroq, agar 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Namangan viloyatida sinab ko‘riladigan «yangi soliq boshqaruvi modeli» samarali deb topilsa, Qo‘mita bu boradagi takliflarini 2026-yilning oktyabriga qadar Hukumatga kiritishi kerakligi aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring