Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tazyiq va zo‘ravonlikning 27 mingdan ortig‘i oilada sodir etilgan

Tazyiq va zo‘ravonlikning 27 mingdan ortig‘i oilada sodir etilgan

Foto: AOKA

— Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 32 783 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi, — dedi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida. — Himoya orderi berish natijasida 16 mingdan ortiq oila yarashtirilgan, 14 mingdan ortiq nizo bartaraf etilgan.

Yana qayd etilishicha, rasmiylashtirilgan 2862 ta himoya orderi natijasida ma’muriy-jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.  Ushbu tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining eng katta qismi — 27 mingdan ortig‘i  oilada sodir etilgan. Sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiyda  tazyiq va zo‘ravonlik holati kamaygani aniqlandi.

Zo‘ravonlikning eng ko‘p aniqlangani bu sismoniy zo‘ravonlik — 9155 tani tashkil etgan, undan keyin  jinsiy zo‘ravonlik — 68 ta, iqtisodiy zo‘ravonlik — 340 ta, ruhiy zo‘ravonlik — 18 mingdan ortiq, tazyiq — 6 mingdan ortiq qayd etilgan.

Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i O‘ktam O‘tayev, IIV HPX  boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Islomiddin Xoliqov ishtirok etgan ushbu tadbirda  9 ta vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar, voyaga yetmaganlar orasida salbiy holatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirilganligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, chekka hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi ayollar uchun ijtimoiy reabilitatsiya qilish xizmatini kengaytirish maqsadida 28 ta hududiy va namunali tumanlararo markazlar qoshida 135 ta ijtimoiy maslahatxona tashkil etilgan. Ushbu markazlar orqali 5000 dan ortiq xotin-qizlarga maslahat va tavsiyalar berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring