Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkent kuni» qachon nishonlanadi? Hokim javob berdi

«Toshkent kuni» qachon nishonlanadi? Hokim javob berdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimiyatida shahardagi qurilishlar va kommunal xizmatlar sifatining yaxshilanishi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Uchrashuvda dunyoning yirik shaharlarida bo‘lgani kabi «Toshkent kuni»ni belgilash va nishonlash masalasi bo‘yicha savol berildi. 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytishicha, «Toshkent kuni»ni nishonlash rejasi bor, ammo aniq kuni hali belgilanganicha yo‘q. Bu sanani joriy etishdan avval shaharda ancha ishlarni qilib ulgurish kerak. 

«Bu masalani ko‘p o‘yladik. Bilasizmi, qilsak eng yaxshisini qilaylik. Bu yuzaki bir bayram bo‘lishini, yuzaki nishonlanishini xohlamaymiz. U yilning qaysi paytida bo‘ladi, jaziramadami, eng chiroyli fasldami, aniq to‘xtamga kelmadik. Xullas, nishonlasak eng yaxshi payt nishonlaylik. Xuddi Mustaqillik bayrami yoki Navro‘zdek esda qolarli bayram bo‘lsin»-,dedi Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring