Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent marafon sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Toshkent marafon sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Bir qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda International Tashkent Marathon – 2026 tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi: 

28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha: 

 — Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha. 

3-aprel soat 16:00 dan 5 aprel 14:00 gacha: 

 — Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha. 

5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha: 

 — Beshyog‘och ko‘chasi — Furqat ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha: 

 — Sh.Rashidov ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Afrosiyob ko‘chasi — Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Shahrisabz ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan A.Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Oybek ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi kesishmasidan Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha; 

 — Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Istiqbol ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha. 

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring