Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Insult haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta muhim fakt

Insult haqida  bilishingiz kerak bo‘lgan 10 ta muhim fakt

foto: internet, ochiq manba

Insult miya qon aylanishining keskin buzilishi – dunyo bo‘yicha eng xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. World Health Organization ma’lumotlariga ko‘ra, insult nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biridir. Quyida jahon olimlari va yirik tibbiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan insult va uning oldini olish bo‘yicha eng muhim ilmiy ma’lumotlar keltirilgan...

Insult shunchaki kasallik emas, balki butun organizm faoliyatiga jiddiy ta’sir qiluvchi holatdir. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik dunyo bo‘yicha har yili millionlab odamlarning hayotiga ta’sir qiladi.

 Yuqori qon bosimi – «jim qotil»

American Heart Association va European Society of Cardiology tadqiqotlariga ko‘ra, insult holatlarining 50 foizdan ortig‘i gipertoniya bilan bog‘liq. Buning oldini olish uchun qon bosimini 120/80 atrofida ushlash kerak bo‘ladi.  Tuz iste’molini kunlik 5 grammdan oshirmang.

Chekish – qon tomirlarini «ichidan yemiruvchi» omil

Genters for Disease Control and Prevention xulosalarida ayilishicha, chekish qonni quyuqlashtiradi va tomirlarni torttiradi. Chekishni tashlagandan keyin 2–5 yil ichida insult xavfi keskin kamayadi.

Qandli diabet – «sukutdagi xavf»

International Diabetes Federation: «Diabet insult xavfini 1,5–2 barobarga oshiradi». Shunday ekan, qondagi glyukozani nazorat qilish, kam uglevodli ratsionga rioya etish kerak.

Noto‘g‘ri ovqatlanish – asosiy sabablardan biri

Harvard Medical School tadqiqotlariga muvofiq, «Mediterranean diet» (zaytun yog‘i, baliq, sabzavot) insult xavfini 30–40 foiz kamaytiradi.

Jismoniy harakat – tabiiy dori

World Stroke Organization xulosasiga asosan, haftada 150 daqiqa faollik insult xavfini sezilarli ravishda kamaytirar ekan.

Ortiqcha vazn va semizlik

Mayo Clinic: BMI yuqori bo‘lgan odamlarda insult xavfi ancha yuqori bo‘ladi.

Vaznni 5–10% ga tushirish ham xavfni kamaytiradi.

Xolesterin va ateroskleroz

LDL xolesterin tomirlarni to‘sib, ishemik insultga olib keladi.

Yurak ritmi buzilishi (ayniqsa, fibrillyasiya), aritmiya qon ivishini keltirib chiqaradi va miyaga tromb ketishi mumkin.

Yurak noto‘g‘ri urganda, qon to‘liq aylanmaydi va «tiqilib» qoladi. Bu yerda tromb (qon ivig‘i) hosil bo‘lib, keyin miyaga borib, tomirni to‘sib qo‘yadi.

AFib bilan og‘rigan har 4 nafar insondan biri hayoti davomida insultga duch kelishi mumkin. Yilda kamida 1 marta EKG tekshiruvi o‘tkazib turish lozim. Yurak urishida notekislik bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat. Qonni suyultiruvchi dorilar iste’mol qilgan ma’qul (faqat shifokor nazoratida).

55 yoshli erkak o‘zini yaxshi his qilardi. Faqat ba’zan yuragi «titrab» ketardi. U buni oddiy charchoq deb o‘yladi. Bir kuni ertalab esa gapira olmay qoldi... Diagnoz: insult. Sababi: aniqlanmagan atrial fibrillyasiya.

Stress va ruhiy bosim

Ilmiy tadqiqotlar (National Institutes of Health) qayd etishicha, uzoq stress gormonal o‘zgarishlar orqali insult xavfini oshiradi.

Bir ayol doimiy ish bosimi, ro‘zg‘or tashvishlari bilan yashardi. «Hammasi yaxshi» deb yurardi. Bir kuni esa boshi qattiq og‘rib, ko‘zi qorong‘ilashdi...

Ikki kundan keyin unga insult tashxisi qo‘yildi. Shifokorlar sabab sifatida kuchli stressni ko‘rsatishdi.

Uyquning ahamiyati

6 soatdan kam yoki 9 soatdan ortiq uyqu – xavfli omillardan biri. Zero, uyqu vaqtida miya «tozalanadi», qon bosimi me’yorlashadi. Agar uyqu yetishmasa, organizm tiklanmaydi.

Genetik omillar

Agar ota-onada insult bo‘lgan bo‘lsa, xavf yuqori. Ammo bunga ruhan ishonish ham yaxshi natijaga olib kelmaydi.

Bir yigitning otasi insultdan vafot etgan. O‘g‘il «menda ham shunday bo‘ladi» demadi, qabul qilmadi. U sport bilan shug‘ullandi, ovqatlanish tarzini o‘zgartirdi. Hozir 50 yoshida ham sog‘lom – shifokorlar bu yigitni «eng yaxshi profilaktika namunasi» deb ataydilar.

Insultning erta belgilari

Yuz qiyshayishi, qo‘l kuchsizligi, nutq buzilishi kuzatilganda darhol tez yordam chaqirish lozim. Agar 3–4,5 soat ichida yordam ko‘rsatilsa, miyani saqlab qolish imkoni yuqori.

Insultning oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?

Kunlik nazorat juda muhim. Qon bosimini haftasiga kamida 2–3 marta o‘lchash, qand va xolesterin tahlillarini tekshirib turish lozim.

Sabzavot, meva, baliq miya uchun juda foydal mahsulotlardir.  Qovurilgan ovqatdan voz kechish, kuniga 8–10 ming qadam yoki 30 daqiqa tez yurish, yomon odatlardan voz kechish, chekishni to‘liq to‘xtatish, tabiat qo‘ynida sayr yurak sog‘lomligi uchun eng muhim amallardir.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring