Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joylandi

Toshkentda doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joylandi

Huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joyladi. Bu haqda u o‘zining blogida xabar berib o‘tgan.

«Ko‘p ishlar aslida kutilmaganda, tasodifan ro‘y beradi. Masalan, bugun «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga mas’ullardan biri portalni ko‘proq targ‘ib qilsak jamiyat uchun foydali bo‘lishi, huquqiy instrumentlar orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkinligini aytib qoldi.

Shundan so‘ng, portal qanday ishlashini tekshirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska rejimini bekor qilish to‘g‘risida jamoaviy murojaat joyladim.

5 kishi qo‘llab-quvvatladi, hozir ekspertiza jarayonida, hali ovozga qo‘yilmadi. O‘sha murojaatga qoldirilgan izohda aytilishicha, bu kabi petitsiyalar moderator tomonidan ilgari rad qilingan ekan.

Qiziq, qaysi asos bilan? Agar shunaqa petitsiyalarni o‘tkazishmasa, unda bu portalning nima keragi bor? Amalda tekinga tonirovka qilishga ruxsat so‘rab, natijada 16 million so‘m haq evaziga ruxsat olishga erishish uchunmi?

Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Menimcha, rad qilishmasa kerak», — deya yozadi Xushnud Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, huquqshunos-yurist avval ham Toshkent shahridagi doimiy propiska bilan bog‘liq muammoli holatlarni qalamga olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring