Toshkentda suv narxi yana oshadi

Toshkent shahar hokimi Bosh moliya mahkamasida tasdiqlangan 2018-yil 14-apreldagi Reyestr № 09-TG-2018 deklaratsiyasiga muvofiq, 2018-yil 1-maydan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi.
Suv ta’minoti bo‘yicha — 1 m3 uchun 245 so‘m, QQSsiz.
Oqava suv bo‘yicha — 1 m3 uchun 210 so‘m, QQSsiz.
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 12-yanvardagi 69-sonli qaroriga binoan, 2018-yil uchun Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilar uchun 100 so‘m 1 m. kub.dan olinadi.
Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 29-yanvardagi deklaratsiyasi bilan «Suvsoz» davlat unitar korxonasi joriy yilning 14-fevral kunidan sovuq suv uchun narxlarni oshirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter