Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 19-29-mart kunlari yirik kitob xayriya aksiyasi o‘tkaziladi

Toshkentda 19-29-mart kunlari yirik kitob xayriya aksiyasi o‘tkaziladi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan 19-29-mart kunlari Toshkent shahri bo‘ylab «Navro‘z» kitob bayrami xayriya aksiyasi o‘tkazmoqda.

Bayram arafasida sizni yirik kitoblar ko‘rgazmasi, taniqli adiblar bilan uchrashuvlar, bahs-munozaralar, kitob xayriya aksiyalari va bayramona dasturlar kutmoqda.

15-mart kuni Gematologiya va qon qo‘yish ilmiy-tekshirish markazida bemor bolalar uchun 300 ga yaqin bepul badiiy kitoblar ulashish xayriya aksiyasi, 15-18-mart kunlari turli istirohat bog‘larida 10 dan ortiq kitob yarmarkalari, 19-20-mart kunlari Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da taniqli adiblar va adabiyot namoyondalari bilan ijodiy uchrashuv, shuningdek, kitob sanoati, noshirlik va kitobxonlikka bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada muallif va tarjimonlar bilan muloqot va  nashriyotlarning yangi loyihalari taqdimotida qatnashishingiz hamda  nashriyotchilarga o‘z taklif- tavsiya,  fikr-mulohazalaringizni  bildirishingiz mumkin.

Shuningdek, tadbirda noshirlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, kitob do‘koni tashkil etish, amaliyot va tajriba almashish, ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar uchun mahorat darslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari 25-29-mart kunlari poytaxtning «Qatortol» ko‘chasida joylashgan kitob-savdo markazida noshirlik va o‘qish uchun mo‘ljallangan  badiiy asarlar ko‘rgazmalari ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ta’kidlangan barcha tadbirlar «Navro‘z» kitob bayrami shiori ostida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring