Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga ikki kunlik safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning so‘ngida 22-may kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar qurilishini borib ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xo‘jaobod tumanining Ittifoq massivida 35 ta uy qurilmoqda. Ular Andijon shahri, Andijon, Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlaridagi uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bu yerda maktab, tikuvchilik sexi, sport kompleksi bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari qurilish ishlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Bunday joylarda uylar bunyod etish mamlakatimizda yangi tajriba ekanini, ularni xalqaro standartlar asosida pishiq, sifatli qurish zarurligini ta’kidladi.

Loyihani takomillashtirish, aholiga qulay transport yo‘nalishlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring