Uzbekistan Airways ma’lumotlari Darknet’da sotuvga chiqqani aytildi. Aviakompaniya raddiya berdi

So‘nggi kunlarda ayrim manbalarda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining axborot tizimlari hakerlar tomonidan buzilib, yo‘lovchilar va xodimlar haqidagi ma’lumotlar darknet’da sotilmoqda, degan xabarlar tarqaldi.
Biroq aviakompaniya rasmiy bayonot bilan chiqib, bu ma’lumotlarni inkor etdi:
«Hozirgi vaqtda axborot tizimlarimizga noqonuniy kirish yoki yo‘lovchi va xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilinishi bilan bog‘liq birorta ham tasdiqlangan holat qayd etilmadi. Infratuzilmamiz to‘liq ishchi holatda», – deyiladi Uzbekistan Airways’ning Telegram’dagi bayonotida.
Kompaniya qo‘shimcha qilib, internetda tarqalgan «isbotlar» haqiqiy emasligi, ular sun’iy ravishda yaratilgan bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
«Materiallarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bizning axborot tizimlarimizga aloqador emas va dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisa mavjudligi haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirish maqsadida sun’iy ravishda yaratilgan yoki tahrirlangan bo‘lishi mumkin», – deyiladi bayonotda.
Shunga qaramay, «axborot tahdidlariga javob berish bo‘yicha amaldagi tartib-qoidalar doirasida, ayrim ommaviy axborot vositalarida sizdirilgan ma’lumotlar haqida xabarlar tarqalishi munosabati bilan» xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter