Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyat IIB noto‘g‘ri ma’lumot bergani aniqlandi

Xorazm viloyat IIB noto‘g‘ri ma’lumot bergani aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 13-iyun kuni «Xabar.uz» saytida «Soliqchi pora bilan ushlandi» sarlavhali xabar e’lon qilingan edi.

Ushbu xabarda Xorazm viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va Xorazm viloyati prokuraturasi xodimlari Bog‘ot tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan Q.X. soliq sohasiga ishga kiritishni va’da berib, tanishidan 1000 AQSh dollarini olayotgan paytida jinoyat ustida qo‘lga olgani bayon etilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, xabarda ko‘rsatilgan Q.H ismli fuqaro Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasida 2012-yilga qadar Soliq va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan. Saytimizga xabar berishlaricha, viloyat IIB axborot xizmati noto‘g‘ri ma’lumot bergan va ular ham saytida ushbu xabarni to‘g‘rilashgan.

Xorazm viloyat soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbatdan so‘ng, uning salbiy holatga moyilligi aniqlanib, 2012-yil 21-iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va hozirda soliq organlariga aloqasi yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring