Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlab boriladi

Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlab boriladi

Adliya vazirligida joriy yil 9-fevral kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi nizom Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida ochiq tanlov yo‘li bilan taqsimlash tartibini belgilaydi.

Agentlik xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron platformada e’lon qiladi.

Bu haqida xususiy bandlik agentliklarining elektron platformadagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.

Kvotalar to‘g‘risidagi e’lon muddati 5 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Xususiy bandlik agentliklari kvotalar to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilgan kundan boshlab undagi belgilangan muddat tugagunga qadar ariza yuborishlari mumkin.

Kvotalar arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring