Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xususiy bandlik agentliklarini litsenziyalash tartibi bekor qilinishi mumkin

Xususiy bandlik agentliklarini litsenziyalash tartibi bekor qilinishi mumkin

Amaldagi tartibga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklarining reyestriga kirish uchun yuridik shaxslar bugungi kunda ariza bilan birga litsenziyani ham taqdim qiladi. Ammo endilikda mazkur reyestrga kirish to‘g‘risida faqat ariza taqdim qilishning o‘zi kifoya bo‘lishi mumkin.

Bu boradagi hujjat loyihasi bugun, 13-dekabr kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda muhokama qilindi.  

Shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasi bilan tadbirkorlik sub’yektlariga yana qator yengilliklar yaratilmoqda.

Jumladan, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Advokatga guvohnoma berish muddatini esa 3 kundan 2 kunga kamaytirish nazarda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring