Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam bermagan

Xotin-qizlar qo‘mitasi yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam bermagan

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda o‘tgan yillar mobaynida xotin-qizlar manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha samarali mexanizm yaratilmagani alohida ta’kidlangan. Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‘ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo‘yicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda ko‘plab masalalar to‘planib qolgan, ularning yechimi bo‘yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.

O‘tgan yili jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-qizlar hayotidagi muammolar o‘rganildi. 2017 yil jami 5 milliondan ortiq xonadonga kirib borilib, oilalar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‘rildi. Jumladan, 22 mingta oilada ajrashib ketishning oldi olindi, 36 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 14,5 ming yurtdoshimizga imtiyozli kredit olishda yordam berildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bu oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim ishlarning bir qismi xolos. Hali bu borada amalga oshirish zarur bo‘lgan qator dolzarb vazifalar turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring