Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i yangi yil tantanalariga tayyor

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i yangi yil tantanalariga tayyor

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i yangi yil tantanalariga tayyor bo‘ldi. Bu maskanga yurtimizdagi eng baland va go‘zal archa o‘rnatildi.

450 kv metrli sun’iy muz maydoni, zamonaviy attraksionlar, savdo shaxobchalari hamda ovqatlanish maskanlari toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlariga xizmat ko‘rsatishga shay.

Taomlanish uchun o‘zbek milliy va Yevropa oshxonasining sara ovqatlari hamda fast-fud taklifi mavjud.

Yangi yil tadbirlari 2021 yilning 20 dekabridan 2022 yilning 10 yanvarigacha davom etadi. «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga «Do‘stlik» metro bekatidan bepul avtobuslar qatnovi tashkil etilgan.
Bog‘ ertalabki 10:00 dan kechki 22:00 gacha ishlaydi.

Eng zo‘r tomoshalar, qiziqarli va ko‘ngilochar tadbirlarda Siz ham ishtirok eting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring