Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil sarhisobi: Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qaysi davlatlarga safar uyushtirdi?

Yil sarhisobi: Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qaysi davlatlarga safar uyushtirdi?

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda

Foto: «president.uz»

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil boshidan beri 15 marta xorijiy safarni amalga oshirdi. Shundan 4 marta Qozog’iston, 3 marta Turkmaniston, 2 marta Rossiya, 1 martadan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qirg’iziston, AQSh, Turkiya va Koreyaga rasmiy va amaliy tashriflar uyushtirdi. O’tayotgan yilni sarhisob qilar ekanmiz, keling, ushbu tashriflarni bir yodga olib o’tsak.

Mart

6-mart — davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi va Ashxobod xalqaro aeroportida rasmiy shaxslar tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov
Foto: «president.uz»

22-mart — davlat tashrifi bilan Ostona shahriga keldi va Ostona xalqaro aeroportida Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev
Foto: «president.uz»

Aprel

4-aprel — davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi va «Vnukovo-2» aeroportida Rossiya Federatsiyasi hukumati a’zolari tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga ilk davlat tashrifini amalga oshirdi
Foto: «president.uz»

29-aprel — amaliy tashrif bilan Janubiy Qozog’iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Qozog’istonga amaliy tashrif bilan bordi
Foto: «president.uz»

May

11-may — davlat tashrifi bilan Pekinga keldi va «Shoudu» xalqaro aeroportida Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy shaxslari tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoyga tashrif buyurdi
Foto: «president.uz»

19-may — amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o’rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga ikkinchi bor tashrif buyurdi
Foto: «president.uz»

21-may — Ar-Riyod shahrida bo’ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldihamda hukumat rasmiylari tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev tarixda ilk bor rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga bordi
Foto: «president.uz»

Iyun

8-iyun — Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi va Qozog’iston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Asqar Mirzaxmetov tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning navbatdagi majlisida qatnashish uchun yana Qozog’istonga keldi
Foto: «president.uz»

Sentabr

5-sentabr — davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi va «Manas» xalqaro aeroportida Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev ilk marta Qirg’izistonga davlat tashrifini amalga oshirdi
Foto: «president.uz»

9-sentabr — Ostona shahriga keldi va Ostona xalqaro aeroportida Qozog’iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Asqar Mamin tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev
Foto: «president.uz»

17-sentabr — yana bir bor Turkmanistonga keldi va Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o’rinbosari Yesinmirat Orazgeldiyev tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov
Foto: «president.uz»

18-sentabr — BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi va Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika — O’zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev BMT assambleyasida qatnashish uchun AQShga keldi
Foto: «president.uz»

Oktabr

10-oktabr — Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi va Sochi xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasi rasmiy doiralari hamda MDH Ijroiya qo’mitasi vakillari tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin
Foto: «president.uz»

25-oktabr — davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi va Anqara shahridagi Esonbug’a xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Bekir Bozdag’ tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Erdo’g’an
Foto: «president.uz»

Noyabr

22-noyabr — davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi va Seul shahri aeroportida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon tomonidan kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida
Foto: «president.uz»


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring