Yil sarhisobi: Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qaysi davlatlarga safar uyushtirdi?

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil boshidan beri 15 marta xorijiy safarni amalga oshirdi. Shundan 4 marta Qozog’iston, 3 marta Turkmaniston, 2 marta Rossiya, 1 martadan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qirg’iziston, AQSh, Turkiya va Koreyaga rasmiy va amaliy tashriflar uyushtirdi. O’tayotgan yilni sarhisob qilar ekanmiz, keling, ushbu tashriflarni bir yodga olib o’tsak.
Mart
6-mart — davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi va Ashxobod xalqaro aeroportida rasmiy shaxslar tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
22-mart — davlat tashrifi bilan Ostona shahriga keldi va Ostona xalqaro aeroportida Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Aprel
4-aprel — davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi va «Vnukovo-2» aeroportida Rossiya Federatsiyasi hukumati a’zolari tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
29-aprel — amaliy tashrif bilan Janubiy Qozog’iston viloyatiga tashrif buyurdi va Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Foto: «president.uz»
May
11-may — davlat tashrifi bilan Pekinga keldi va «Shoudu» xalqaro aeroportida Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy shaxslari tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
19-may — amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o’rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
21-may — Ar-Riyod shahrida bo’ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldihamda hukumat rasmiylari tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Iyun
8-iyun — Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi va Qozog’iston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Asqar Mirzaxmetov tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Sentabr
5-sentabr — davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi va «Manas» xalqaro aeroportida Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
9-sentabr — Ostona shahriga keldi va Ostona xalqaro aeroportida Qozog’iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Asqar Mamin tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
17-sentabr — yana bir bor Turkmanistonga keldi va Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o’rinbosari Yesinmirat Orazgeldiyev tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
18-sentabr — BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi va Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika — O’zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Oktabr
10-oktabr — Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi va Sochi xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasi rasmiy doiralari hamda MDH Ijroiya qo’mitasi vakillari tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
25-oktabr — davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi va Anqara shahridagi Esonbug’a xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Bekir Bozdag’ tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Noyabr
22-noyabr — davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi va Seul shahri aeroportida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon tomonidan kutib olindi.

Foto: «president.uz»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter