Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi

Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ma’lum qilindi.

«Qo‘shni mahalla» kanalining xabar berishicha, prezidentimiz uchrashuvda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul bo‘lgan davlat organiga ehtiyoj borligini bildirgan.

«Germaniyada Oila, keksalar va yoshlar masalalari vazirligi, Fransiyada Yoshlar va sport vazirligi, Turkiyada Yoshlar va sport vazirligi, Singapurda Madaniyat, kommunikatsiya va yoshlar vazirligi, Rossiyada Federal yoshlar agentligi mazkur vazifani bajaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Shu munosabat bilan bir oy muddatda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, Yoshlar Ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritilsin», — deya tashabbus ko‘rsatgan prezident.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ittifoqi 2017-yilning 30-iyunida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati o‘rnida tashkil etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring