Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3333: To‘rtta hududdan yana 43 nafar bemorda koronavirus tasdiqlandi

3333: To‘rtta hududdan yana 43 nafar bemorda koronavirus tasdiqlandi

27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 nafarni tashkil etmoqda (+43).

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2636 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 683 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring