Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bunaqasi yaqin orada bo‘lmagandi: bir kunda aholi orasida 5ta kasallik chiqdi

Bunaqasi yaqin orada bo‘lmagandi: bir kunda aholi orasida 5ta kasallik chiqdi

Foto: SSV

Shu yilning 15-iyul kuni mamlakatimizda 496 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 200 nafari Karantin muassasalarida, 291 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, 15-iyulda 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax hamda Farg‘ona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 328 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14581 nafar bemordan 8655 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5855 nafar bemordan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring