Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning erta alomatlaridan biri aniqlandi

Koronavirusning erta alomatlaridan biri aniqlandi

Foto: «Naturalnews.com»

AQSh Milliy sog‘liqni saqlash tashkiloti instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, og‘izdagi metall ta’mi koronavirusni yuqtirganlikdan dalolat berishi mumkin, deb yozadi «Express».

Nashrning ta’kidlashicha, respiratorli infeksiyalarda ko‘pgina bemorlarning burun bitishi yoki hid bilish epiteliy shikastlanishi tufayli ta’m bilish o‘zgaradi yoki sustlashadi.

Olimlar koronavirusga chalingan 59 yoshli ayolning klinikaga yotqizilgan holatini chuqur o‘rganishdi. Bir necha kun unda ham ushbu infeksiyaga xos alomatlar: nafas siqishi, quvvatsizlik, ishtaha yo‘qolishi qayd etilgan. Ishtahasizlik shifoxonaga yotishidan bir hafta oldin — kasallikning boshqa alomatlari yuzaga chiqqunga qadar paydo bo‘lgan.

«Shifoxonaga yotishidan bir hafta oldin bemor yoqtirgan mahsulotlar unga metall ta’mli va bemaza tuyulgan», — deyiladi maqolada.

Ustiga-ustak, ayolning burni bitmagan bo‘lsa ham, hid bilish qobiliyati sekin-asta yo‘qolgan.

Angliya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) izohiga ko‘ra, og‘izdagi metall ta’m odatda xavfli emas, lekin ko‘pgina kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin.

«Og‘izda metall ta’mining paydo bo‘lishiga milk kasalliklari, antibiotiklar qabul qilish, saraton yoki shamollashdan davolanish, sinusit va boshqa respiratorli infeksiyalar sabab bo‘lishi mumkin», — deya izohladi NHS.

Shifokorlarning fikricha, ushbu alomatni davolash ko‘pgina holatlarga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha muolaja umuman talab etilmaydi.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun Yer yuzini qamrab oldi. 60 millionga yaqin kishi kasallikka chalinib, ulardan 1,4 million nafari hayotdan ko‘z yumdi. Yuqtirish holati eng ko‘p AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring