Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Navbahor» futbolchisida ham virus aniqlandi

«Navbahor» futbolchisida ham virus aniqlandi

O‘zbekiston Superligasida ishtirok etuvchi bir qator klublar futbolchilarida koronavirusga oid kasallanish holatlari qayd etila boshlaganidan so‘ng, chempionatning 10-11 tur uchrashuvlari qoldirilgan edi.

Ushbu holatdan so‘ng barcha klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va tekshiruv natijalari PFLga taqdim etilayapti.

O‘zPFL Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «Navbahor» futbol klubining bir nafar futbolchisi topshirgan test natijasi musbat ko‘rsatkich qayd etgan. Ushbu futbolchi jamoadan ajratilib, qat’iy izolyasiyaga olingan.

Shu bois, klubning boshqa futbolchi, xodimlari ham COVID-19 ga yana bir bor test topshirgan va ayni damda ular test javoblarini kutishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring