Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga Xitoydan yana bir million doza vaksina keltirildi

O‘zbekistonga Xitoydan yana bir million doza vaksina keltirildi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun O‘zbekistonga Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan olib kelindi.

Vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyalari shu yilning 27 mart va 27 aprel kunlari keltirilgan edi. Shuningdek, mart oyida 660 ming doza AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza «Sputnik V» vaksinalari ham olib kelingan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetdi. Ayni paytgacha foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, ya’ni 842 ming dozadan ortig‘ini ZF-UZ-VAC2001 tashkil qilmoqda. Shundan ayni paytgacha 91 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichi bilan ham emlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring