Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilda kutilayotgan mashhur filmlar

2018-yilda kutilayotgan mashhur filmlar

Foto: «Aif.ru»

«Aif.ru» sayti 2018-yilda muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilayotgan kartinalar nomini e’lon qildi. Unda turli janrdagi filmlar o‘rin olgan. 2018-yilning kino olami o‘tgan yilgidan ko‘ra qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, yilning birinchi yarmida qiziqarli filmlar namoyishi ketma ket davom etadi.

«Selfi»

Premera: 1-fevralda

2018-yilning kutilgan filmlar orasida ruslarning «Selfi» nomli kartinasi ham bor. Bosh rolni Konstantin Xabenskiy o‘ygagan, u Sergey Minayning romani asosida suratgan olingan. Kartinada omadli yozuvchi haqda gap boradi, uning hayotida qiyofadoshi paydo bo‘ladi. Yozuvchining o‘rniga intervyular beradi, rafiqasi bilan yashaydi, taqdimotlar o‘tkazadi. Qahramon esa himoyasiz ahvolda bularni chetdan kuzatib turishga majbur bo‘ladi. Filmda shuningdek, Fyodor Bondarchuk, Anna Mixalkova, hatto roman muallifi Minay ham ishtirok etgan.

«Tomb Raider: Lara Kroft»

Premera: 15-martda

Ushbu kartina kassabop va omadli bo‘lishi va’da qilingan filmlardan biridir. Sababi uning birinchi variantida kino olamining eng mashhur aktrisasi Anjelina Joli ishtirok etgan. Gollivudda filmlarni remeykini ishlash oxirgi vaqtlarda ommalashmoqda. Tomb Rayder o‘yini asos bo‘lgan ushbu filmda Oskar mukofotini olgan yosh aktrisa Alisa Vikander surtaga tushdi. Syujet birinchi variantni takrorlaydi: Lara otasini izlab sarguzashtlarga duch keladi.

«Trener»

Premera: 19-aprelda

Rossiya kino olamidan yana bir film. Aktyor Danila Kozlovskiyning rejissurada debyut kartinasi bo‘lib, unda bosh rolni o‘zi ijro etgan, prodyuserlikni ham zimmasiga olgan. Film futbolchi Yuriy Stoleshnikov haqda bo‘lib, u hal qiluvchi onda gol ura olmaydi. Keyin sportchi trener sifatida faoliyat yurita boshlaydi va jamoa yig‘adi. Film borasida maslahatlashish uchun suratga olish maydonchasiga Rossiya terma jamoasining sobiq treneri Leonid Slutskiy taklif qilingan.

«Solo: Yulduzlar jangi. Tarix»

Premera: 24-mayda

Samo janglari haqdagi ushbu kartina avvalgi seriyalarning ibtibosiga bag‘ishlangan. Unda Xana Soloning yoshlik yillari tilga olinadi. Film muxlislari albatta, bu qismni ham intiqlik bilan kutishmoqda. Suratga olish maydonidan yosh rejissyorlar Fil Lord va Kris Miller haydaldi, o‘rinlariga tajribali rejissiyor Ron Xavard taklif qilindi. Bosh rollarni Emiliya Klark, Martin Xart, Vudi Xarrelson va Olden Erenrayk (Solo obrazini) ijro etishgan.

«Oushenning sakkiz dugonasi»

Premera: 21-iyulda

Filmning trilogiyasidan ancha vaqt o‘tib uning ayollar jamoasidan tarkib topgan to‘rtinchi seriyasi ishlandi. Bu safar Oushenning sakkiz dugonasi rollarini Sandra Bullok, Keyt Blanshett, Enn Xeteuey, Xelena Bonem Karter, Rianna, Mindi Keyling, Sara Polson, Akvafina ijro etishgan. Jinoyatchi qizlar avvalgi seriyalardagi kabi kriminal va yumor sarguzashtlarni boshdan kechirishadi. Rejissyor Geri Ross, Jorj Kluni va Stiven Sodeberg esa prodyuserlik qilmoqda.

«Qarsildoq va to‘rt qirollik»

Premera: 26-oktyabrda

Kuz faslida kutilayotgan ertak kinoni Disney studiyasi taqdim qiladi. A.Gofman hikoyasi asosida yaratilgan afsonaviy multfilmning kinosini rejissyor Lasse Xallstryom («Xatiko»ni suratga olgan) va Jo Jonston birgalikda ishlashmoqda. Aktyorlar jamoasida esa Kira Naytli, Morgan Friman, Elli Bamber kabi mashhurlarni uchratish mumkin. Muxlislar film syujetini yaxshi bilishadi. Klara yangi yil arafasida sirli maskanlar: qorlar mamlakati, gullar mamlakati, shirinliklar mamlakatiga yo‘l oladi...

«Fantastik mahluqlar: Grindevaldning jinoyati»

Premera: 15-noyabrda

Potterning ashaddiy muxlislari ushbu kartinani ham intiqlik bilan kutishyapti. Film ssenariysi, sezganingizdek, Joan Roulingniki, uni «Garri Potter»ning rejissyori Devid Yeyts suratga olyapti. Ushbu kartinaning birinchi qismi kassada omadsizlikka uchragan bo‘lsada, ijodkorlar katta ishonch bilan ikkinchi qismga qo‘l urishgan. Sababi unga mashhur aktyorlar jalb etilgan: Jonni Depp (sehrgar Gellert Grindevald) va Judi Lou(Albus Dambldorning yoshligi).

«Irlandiyalik»

Premera kuni noma’lum

Afsonaviy rejissyor Martin Skorsezning yangi filmi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. U yana kriminal janrga qaytdi. Kartina Charlz Brendtning romani asosida ishlanyapti, tarixda o‘tgan real killer Irlandiyalik Frenk Shiran haqda so‘z boradi. Killer o‘limi oldidan o‘z hayotini Brendtga hikoya qilib bergan. Yana bir qiziq tarafi, Skorseze filmga ikki afsonaviy aktyorlar Robert de Niro va Al Pachinoni ham jalb qildi. Ularni sog‘ingan muxlislar uchun kartina kutilgan sovg‘a bo‘ladi.

«Ajdarho muhri siri: Xitoyga sayohat»

Premera kuni noma’lum

Rossiya-Xitoy hamkorligida yaratilayotgan kartina 2018-yil oxirlarida chiqishi mumkin. Filmda qadimiy xitoy afsonasi — ajdarholar haqda so‘z boradi. Bosh rollargni esa kino yulduzlari Jeki Chan va Arnold Shvarsenegger ijro etyapti. Rejissyorning aytishicha, Xitoyga sayohat qismidan so‘ng darhol Hindistonga sayohat seriyasi ham suratga olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring