Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Di Kaprio «Titanik» gonorariga xarid qilingan uyini sotmoqda (foto)

Di Kaprio «Titanik» gonorariga xarid qilingan uyini sotmoqda (foto)

Foto: «Kathimerini»

Hollivud yulduzi Leonardo di Kaprio Los-Anjelesdagi uyini sotuvga qo‘ydi. Bu koshonani u mashhur «Titanik» filmidan ishlagan gonorariga sotib olgandi, deya xabar berdi «Kathimerini».

Di Kaprioning ko‘chmas mulklari ko‘p, hozir sotayotgani esa eng yaxshilaridan biri — u Los-Anjelesdagi 330 kvadrat metr maydonga ega bu uyini 770 ming dollarga sotib olgandi. Undan beri narxlar ancha oshgan, endi Di Kaprio uyni 1,749 million dollarga sotishdan umidvor.



Kumushko‘l bo‘yida 1930-yillarning boshlarida ispancha uslubda qurilgan ushbu uy asl ko‘rinishini saqlab qolgan: katta o‘ymakor yog‘och eshiklar, shift to‘sinlari, eski kamin va oq devorlar. Oq va havorang plitalar terilgan ulkan oshxonasidan foydalanish mumkin, biroq bir oz ta’mirtalab. Uy hovlisida basseyn va katta bog‘ bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring