Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dima Qayum havasda: poytaxtning Xadra maydonida «Azon kitoblari» markazi ochildi

Dima Qayum havasda: poytaxtning Xadra maydonida «Azon kitoblari» markazi ochildi

Toshkent shahrining qoq markazi bo‘lgan Xadra maydonida mo‘’jazgina ma’rifat maskani ochildi. «Azon kitoblari» markazi deya yuritilayotgan ziyo go‘shasida o‘zbek, rus, ingliz va arab tillaridagi kitoblar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, unda yangi «Azon kitoblari» nashriyot-matbaa birlashmasida chop etilgan kitoblarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyati ham bor. 

Markaz ta’sischisi Mubashshir Ahmadga ko‘ra, bu joyni nafaqat savdo do‘koni, balki  kitobxonlikni keng targ‘ib etuvchi maskanga aylantirish ham rejada bor. Mo‘ljaldagi ishlarga tojdor virus balosi tushov bo‘lmoqda, xolos. Nasib, bu balo bartaraf etilgach, markazda taniqli adiblar bilan uchrashuvlar, ular uchun maxsus «imzo kunlari» uyushtiriladi. Bundan tashqari markazda maxsus rasta tashkil qilinib, rishtonlik Dima Qayum «uslubida» kutubxona yo‘lga qo‘yiladi — qiziquvchilar undagi kitoblarni mutolaa uchun (qaytarib berish sharti bilan) bepul olishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring