Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Halima Xudoyberdiyeva ijodidan 5 jildlik saylanma nashrdan chiqadi

Halima Xudoyberdiyeva ijodidan 5 jildlik saylanma nashrdan chiqadi

Foto: «Api.uz»

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdiyevaning turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Jumladan, Saylanmaning 1-jildidan o‘rin olgan shoiraning benazir bitiklarini o‘qir ekansiz, tuyg‘ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan darajada moddiylashganini his etasiz va bu inja tuyg‘ular sizning ham ko‘ngil mulkingizga aylanib qolishi hech shubhasiz.

Kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma e’tiboriga havola etilish arafasida turibdi. Keyingi to‘rt jildi esa nashr etilish jarayonida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring