Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tkir Hoshimovning eng sara asarlari qayta chop etildi

O‘tkir Hoshimovning eng sara asarlari qayta chop etildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi «Oʻqituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyot muxlislariga atoqli adib O‘tkir Hoshimovning bir qator asarlari nashr etildi. Bu kitoblar orasida «Bahor qaytmaydi», «Nur borki soya bor», «Ikki eshik orasi», «Dunyoning ishlari», «Tushda kechgan umrlar» kabi millionlab o‘quvchilar mehrini qozongan asarlarni uchratish mumkin.

Aytish kerakki, O‘tkir Hoshimov o‘z asarlaridagi qahramonlarni jonli, hayotiy qilib tasvirlaydi. Insoniy iztiroblarni, uning ruhiy holatini, atrofga munosabatini, ichki kechinmalarini to‘g‘ri anglab, o‘quvchiga mahorat bilan yetkaza oladi.

Uning barcha hikoya, qissa va romanlari kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinadi. Yangi nashrdan chiqqan mazkur kitoblar adabiyot ixlosmandlari uchun munosib sovg‘a bo‘lishi shubhasiz.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring