Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi

O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi

O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Yevropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda, bu haqida Yoshlar Media Markazi xabar qildi.

Xalqaro kinofestivalda mamlakatimizning tajribali va yosh kino mutaxassislari xorijiy nufuzli kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mazkur muzokaralar Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr, Buyuk Britaniya mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

«Scorpion» filmi esa Buyuk Britaniyaning pavilonida sotilmoqda.

Yurtimizda ananaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.
Kinofestivalda xindistonlik super yulduz Rangvir Sinx o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan bir safda rol o‘ynash niyati borligini ta’kidladi.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda chet el kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu pavilionni tashkillashtirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring