O‘zbekistonda bir yilda 10,5 mln kishi konsertga bordi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 98 ta konsert tashkiloti faoliyat yuritgan.
2024-yil davomida konsertlarga jami 10,5 mln nafar tomoshabin borgan.
Konsertlarga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha eng yuqori qayd etilgan hududlar:
- Toshkent shahri — 5 810,6 ming nafar;
- Samarqand viloyati — 505,2 ming nafar;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 461,9 ming nafar;
- Surxondaryo viloyati — 403,3 ming nafar;
- Xorazm viloyati — 397,1 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter