Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda quruvchilar kuni qanday nishonlandi? (foto)

O‘zbekistonda quruvchilar kuni qanday nishonlandi? (foto)

Respublikamizda 2019-yilning 5-avgustidan 11-avgustiga qadar «KNAUF ART» festivali bo‘lib o‘tdi, unda 12 ming kishi ishtirok etdi.

Bayram tadbirlari Buxoro va Farg‘ona shaharlaridan boshlanib, O‘zbekistonning barcha ma’muriy markazlarini qamrab oldi. Poytaxtimizning «Brodvey» sayilgohidagi xalq sayillari respublika miqyosidagi festivalning yakunlovchi bosqichi bo‘ldi.

Toshkent shahrida «KNAUF ART» festivali 11-avgust kuni bo‘lib o‘tdi va o‘tgan yildagidek san’at va ijod unsurlaridan iborat bo‘ldi. Tadbirning badiiy qismi ikkita jonli fotozona orqali ta’minlandi. Leonardo da Vinchining «Mona Liza» asari va «Ilhom» teatri artistlari tomonidan Gustav Klimtning «Hayot daraxti» asari jonlantirildi go‘yo.

Toshkent shahrida Quruvchilar kunini nishonlash uchun antiqa to‘siqlardan iborat kreativ labirint ilk bora barpo etildi. Ushbu labirintdan o‘tish tezligi rekordi 9 soniyani tashkil etdi. Yani bir yutuq ulkan jenga o‘yinida qayd etildi – festival mehmonlari balandligi 4 metrlik minorani yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar.

«Quruvchilarni kasb bayrami bilan tabriklash va ushbu bayramni xalq sayillari orqali keng nishonlash maqsadida KNAUF kompaniyasi tomonidan har yili O‘zbekiston hududlari bo‘ylab sayohat tashkil etiladi. Biz bolalar uchun mahorat darslarini tashkil etish yoki jonli suratlar yaratish orqali tadbirga hamisha ijodiy yondashamiz. Festival mehmonlariga bayram dasturi ma’qul kelib, poytaxt aholisi «KNAUF ART» jamoasi sa’y-harakatlari orqali tashkil etilgan «Brodvey»dagi yorqin faolliklarni munosib baholadilar, deb umid qilib qolamiz», – deydi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari bosh direktori Dmitriy Deripalko.

Tasmalar yordamida murakkab akrobatik va raqs unsurlarini bajargan O‘zbeksirk jamoasi havo gimnastlarining chiqishlari «KNAUF ART» festivali mehmonlari uchun yana bir tomoshabop sovg‘a bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni ilk bor respublika miqyosidagi ommaviy ijodiy festival ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring