Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixiy fakt: Jaloliddin Rumiy — Jaloliddin Manguberdining jiyani

Tarixiy fakt: Jaloliddin Rumiy — Jaloliddin Manguberdining jiyani

Foto: «Steamcommunity.com»

Tarix fanlari nomzodi Murodulla Mirzayevning «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida chop etilgan maqolasida o‘ta muhim bir tarixiy fakt atrofida so‘z yuritiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169—1220-yillarda yashagan va 1200—1220-yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. Jaloliddin Manguberdi 1220 yilda otasi vafot etgach, 1221-yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o‘tirgan va o‘n yil ushbu davlatni boshqargan so‘nggi hukmdordir. U mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko‘rsatib, 1231 yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o‘ldirilgan. Onasining ismi Oychechak, Otasi Alouddin Muxammad II 1172—1200-yillarda hukmdorlik qilgan Anushteginiylar sulolasiga mansub Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh (yoki Abul Muzaffar Takesh)ning o‘g‘li», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Jaloliddin Rumiy (Balxiy) 1207-yil 30-sentyabrda Afg‘onistonning Balx shahrida tavallud topib, 1273-yilning 17-dekabrida Turkiyaning Ko‘niya shahrida 66 yoshida vafot etgan. Uning otasi islom va tasavvuf ilmining taniqli siymolaridan biri, «Sulton ul-Ulamo» («Olimlarning sultoni») unvoniga musharraf bo‘lgan ulug‘ zot, Kubraviya tariqatining shayxi Muhammad Bahovudin Valaddir. Bahovuddin Valadning otasi o‘z davrining tanilgan insonlaridan biri Husayn ibn Ahmad. Onasi Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takeshning qizi Malikai Jahon Amatulloh Sultondir.

Ma’lum bo‘lganidek, Jaloliddin Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad II, otasining otasi, ya’ni bobosi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh.

Jaloliddin Rumiyning otasi — Bahouddin Valad, otasining onasi, ya’ni buvisi — Malikai Jahon, uning otasi — Xorazmshoh Alouddin Muzaffar Takesh.

«Xulosa qilib aytganda, Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya’ni jiyani hisoblanadi. Alouddin Muzaffar Takeshning katta qizi Malikai Jahondan Jaloliddin Rumiy, kichik o‘g‘li Alouddin Muhammad II dan esa Jaloliddin Manguberdi kelmoqda. Manguberdi Xorazmda tug‘ilib, Kurdistonda vafot etgan. Rumiy Balxda tug‘ilib, Ko‘niyada vafot etgan. Har ikkalasining tug‘ilgan va vafot etgan joylari o‘z davrida Xorazmshohlar davlati tarkibida bo‘lgan. Balx shahar sifatida, Ko‘niya sultonlik sifatida Xorazmshohlar davlati tasarrufida edi. Qolaversa, ularning tug‘ilgan va vafot etgan joylari masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi», deya ta’kidlaydi muallif.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring