Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivadagi yodgorlikka o‘rnatilgan «Akfa» romlar oldirib tashlandi

Xivadagi yodgorlikka o‘rnatilgan «Akfa» romlar oldirib tashlandi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi «Facebook»da Xivadagi Tosh-hovli majmuasiga o‘rnatilgan alyumin romlarning tarqalgan suratiga munosabat bildirib, bu ish bilan prokuratura shug‘ullanishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Ichan-qal’a muzey qo‘riqxonasidagi majmuaga o‘rnatilgan alyumin rom Madaniyat vazirligi ilmiy-ekspert kengashining ruxsatisiz o‘rnatilgan va shu bois hozirda olib tashlangan.

«Vazir topshirig‘i bilan hujjatlar respublika prokuraturasiga oshiriladi, madaniy meros ob’yektlariga yekazilgan zarar uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Euronews» kanali 2016-yilda Tosh-hovli saroyi haqidagi reportajini butun dunyo bo‘ylab efirga uzatgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring