Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 ta kasb tanlab olinadi va xalqaro tajriba asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi

100 ta kasb tanlab olinadi va xalqaro tajriba asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi

Yig‘ilishda tgan yili Davlat test markazi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilgani, biroq agentlik haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanayotgani tanqid qilindi.

Shu bois, professional va oliy ta’limda kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi.

Umuman, ish beruvchilarda katta ehtiyoj, talabalarda salohiyat va xohish bor. Shuning uchun kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratiladi.

Endilikda Loyiha ofisi rahbari bir vaqtning o‘zida Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish respublika kengashiga rahbar bo‘ladi. Bandlik vazirligi tizimidagi Mehnat tadqiqotlari instituti ham Loyiha ofisiga biriktiriladi.

Ular Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda o‘zimizda zamonaviy konstruktor, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan muhit olib kirishga mas’ul bo‘ladi.

Mutasaddilarga 1-maygacha talab yuqori 100 ta kasbni tanlab, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda kasbga talab ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Ish beruvchilarning vakillari ta’lim muassasasida joylashishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratiladi.

Ular bilan har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Talabalar amaliyotni tashkil etilayotgan yangi korxonalarda ko‘proq o‘tkazishi lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring