Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda pensioner o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi  

Buxoroda pensioner o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi  

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 72 yoshli fuqaro 50 ming so‘m pul evaziga, jinsiy aloq qilmoqchi bo‘lganlar uchun o‘z uyidan alohida xona ajratib berayotgani aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23-yanvar kuni soat 23:00 da Jondor tumani Navgadi mahallasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 72 yoshli fuqaroning uyida intim uchrashuvlar tashkil etilgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Fohishani sotib olish yoki saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu huquqbuzarlik 75 dan 100 baravarigacha jarima yoki ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring