Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Spark» avtomobiliga 25 nafar bolani mindirib olgan haydovchi ayol aniqlandi

Buxoroda «Spark» avtomobiliga 25 nafar bolani mindirib olgan haydovchi ayol aniqlandi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 25 nafar yosh bolani avtomobiliga mindirib olgan haydovchi ayol aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumanidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lda harakatlanib borayotgan «Spark» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi ayol o‘z avtomobiliga 25 nafar bolani mindirib olgani aniqlangan.

Aniqlanishicha, xususiy bog‘chada ishlovchi ayol o‘z bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilarni har kuni shu tarzda uyiga olib borib qo‘ygan.

Holat haydovchining mahallasida jamoatchilik muhokama qilingan. Haydovchiga qanday jazo qo‘llanilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring