Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xususiy tartibda ham tibbiy maqsadlarda donor qonini to‘plashga ruxsat beriladi

Xususiy tartibda ham tibbiy maqsadlarda donor qonini to‘plashga ruxsat beriladi

Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirishga ruxsat berishga doir qonun loyihasi ma’qullandi.

Ushbu muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat loyihasi muhokamasida aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoji, ayniqsa sifatli qon komponentlariga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib borayotgani ta’kidlandi.

Shu nuqtai nazardan qonunchilikka donor qoni va uning tarkibiy qismlarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlashni xususiy tartibda amalga oshirishga bo‘lgan taqiqni bekor qilish, ya’ni ushbu soha davlat monopoliyasidan chiqarilayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida qon va uning tarkibiy qismlarini to‘plash, tayyorlashning qat’iy va o‘zgarmas maxsus standartlari bo‘lishi shartligi, bu ayniqsa bugungi kunda qon bilan yuqadigan turli kasalliklarning mavjudligi fonida nihoyatda muhim ekani aytib o‘tildi.

SSVning sohaga xususiy sektorni jalb qilishda bir qator tegishli masalalarni hal qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring