Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

Shu kunga qadar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilmoqda.

«Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e’lon qilindi», – deydi Asadov.

Ma’lumot uchun, Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich 1975-yil Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Biologiya fanlari doktori, professor, akademik.

1992-1997-yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan.

2001-yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring