Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrdan «S» gepatitiga qarshi dorilarning navbatdagi partiyasi yetib keldi

Misrdan «S» gepatitiga qarshi dorilarning navbatdagi partiyasi yetib keldi

27-yanvar, shanba kuni Misr hukumati tomonidan «С» gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining navbatdagi partiyasi Toshkentga yetib keldi. Qayd etilishicha, umumiy 6 720 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona «С» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», «B» gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lib, bugunga qadar O‘zbekistonga umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari bosqichma-bosqich yuborildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring