Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabov og‘ir xastalikdan keyin 74 yoshda vafot etdi.

Murod Rajabov 1971-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan.

Murod Rajabov kinodagi ilk rolini 1973-yilda «Olovli sohil» kinokartinasidan boshlagan.

U, shuningdek, «Temir xotin», «Ulfatlar», «Super kelinchak» kabi 50 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.

Xabar.uz jamoasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring