Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan kasallik turi aytildi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan kasallik turi aytildi

2023-yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar soni 95 ming kishini, ayollar soni esa 77,8 ming  kishini tashkil etgan. Vafot etganlar soni shahar joylarida 93,6 ming kishini, qishloq joylarida 79,2 ming kishini tashkil etdi.

Hisobot davrida qayd etilgan o‘lim holatlarining 61,1 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,8 foizi – o‘simtalardan, 5,5 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,4 foizi esa boshqa kasalliklarga to‘g‘ri keladi.

Yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanganda esa mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha vafot etish koyeffitsiyenti eng yuqori Toshkent shahrida 5,2 promille, Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 5,1 promilleni tashkil etgan.

Eng kam ko‘rsatkich esa Navoiy va Buxoro viloyatlarida 4,3 promilleni tashkil etgan. O‘tgan bir yilda o‘limlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Navoiy viloyatida 109,5 foizga, Sirdaryo viloyatida 109,3 foizga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 105,2 foizga, Toshkent viloyatida 104,7 foizga va Andijon viloyatida 103,2 foizga teng bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 36 mln 799,8 ming kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar soni 18 mln 525 ming kishini, ayollar soni 18 mln 274,8 ming kishini, shahar aholisi soni 18 mln 768,5 ming kishini, qishloq aholisi soni esa 18 mln 31,3 ming kishini tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring