Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda «DAMAS» daraga ag‘darilib ketishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda «DAMAS» daraga ag‘darilib ketishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 4 iyun kuni soat taxminan 07:20 larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Kattao‘ra» MFY “Kon” qishlog‘i hududi «Maydanak» va «Qiziltepa» yo‘nalishining 38 km.da harakatlanib ketayotgan «DAMAS» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraga ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarni amalga oshirgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring