Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi: qurbon bor

Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi: qurbon bor

Samarqandda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Viloyat IIb axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, bugun, 22-noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 30-kilometrida, yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning beton to‘sig‘iga urilib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida avtobusda bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi vafot etgan. 17 nafar fuqaroga esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring