Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda TATUning zamonaviy sport majmuasi ochildi

Toshkentda TATUning zamonaviy sport majmuasi ochildi

Joriy yil 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugungi kun talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur majmuada 8 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan.

Bo‘lib o‘tgan marosimda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi vakillari, soha tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sport ustalari ishtirok etishdi.
Universitetda ta’lim bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida ishga tushirilgan mazkur sport inshooti ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda turk muhandislarining loyihasi asosida barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sportning minifutbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, fitnes va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega. Majmua avtonom isitish tizimiga g‘am ega bo‘lib, 2 620 kv.m maydonni o‘z ichiga oladi.

Sport majmuasida o‘rnatilgan zamonaviy tasvirga olish vositalari orqali o‘tkaziladigan musobaqalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri You Tube platformasida onlayn translyasiya qilish imkoniyatining mavjudligi esa ushbu majmua nufuzini yanada oshirishi shubhasiz.

Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilganganligi bejizga emas.
Shuningdek, ko‘tarinki ruhda o‘tgan marosim doirasida har yili Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan sportning minifutbol turi bo‘yicha sohaning «Ko‘chma kubogi» musobaqasiga ham start berildi.

Tadbir so‘nggida soha tashkilotlari terma jamoalari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring