Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

111 yoshli yozuvchi asosan nima iste’mol qilishini oshkor etdi

111 yoshli yozuvchi asosan nima iste’mol qilishini oshkor etdi

Foto: «The Independent»

Eng keksa avstraliyalik Dekster Kryuger uzoq umr ko‘rish uchun kutilmagan mahsulotni ma’lum qildi. The Independent uning so‘zlarini chop etdi.

Kvinslend shtati Rom shahridagi qariyalar uyida yashovchi 111 yoshli avstraliyalik boshqa omillar qatori o‘ziga xos delikatesni muntazam iste’mol qilish uzoq umr ko‘rishning garovi ekanligini aytmoqda.

«Bu tovuq miyasi. Ma’lumki, tovuqlarning boshi bor. Uning ichida miyasi bor. Ana shu juda mazali yegulik», — dedi Kryuger jurnalistlar bilan suhbatda.

Shuningdek, u har kuni o‘ntalab qisqichbaqa iste’mol qiladi, ko‘p kuylaydi yoki hushtak chaladi.

«Nafas olishdan to‘xtamang, kuniga uch marta ovqatlaning, shunda vaqt o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi», — deya u uzoq umrni ko‘rish istagida bo‘lganlarga maslahat berdi.

Avstraliyalikning ta’kidlashicha, garchi ikkita jahon urushi, Buyuk Depressiya va ko‘plab qurg‘oqchiliklarni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa ham, uning hayotida yomon kunlardan ko‘ra yaxshi kunlar ko‘p bo‘lgan. U insoniyat COVID-19 pandemiyasini yengishiga ishonadi.

«Mehnat faoliyatim davomida yirik shoxli qoramollar bilan ishlaganman. Vaksinalar yordamida ko‘plab jiddiy muammolarni hal qildik. Bunda ham shunday bo‘ladi», — dedi Kryuger.

U bir umr fermerlik bilan shug‘ullangan. 86 yoshida esa, rafiqasi vafot etgach, kitob va she’rlar yoza boshlagan. Shu vaqtga qadar Kryuger 300 dan ortiq hikoyalar yozgan. Uzoq umr ko‘ruvchi rekordchi 12 ta kitob chiqardi, ulardan oxirgisi 109 yoshida e’lon qilindi. Ayni paytda avstraliyalik yozuvchi avtobiografiya ustida ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring