Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini onlayn olishga qiziqmang!

Haydovchilik guvohnomasini onlayn olishga qiziqmang!

Ijtimoiy tarmoqlarda “avtomaktabga bormasdan, masofadan turib haydovchilik guvohnomasini olib beraman”, mazmunidagi e’lonlar tobora ko‘payib bormoqda. IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bunday takliflar ortida achchiq haqiqat — firibgarlik yotganini ta’kidlab, fuqarolarni ogohlikka chaqirmoqda.

​Haydovchilik guvohnomasini olish — bu shunchaki qog‘oz yoki plastik karta emas, balki yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuidir. Biroq, tezkorlikka intiluvchilar yoki o‘qishni istamagan fuqarolarni nishonga olayotgan firibgarlar “baza orqali hal qilib berish”, “o‘qimasdan imtihondan o‘tkazish” kabi va’dalar bilan odamlarni aldashda davom etmoqda.

​Mutaxassislarning qayd etishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini masofadan turib, ya’ni, avtomaktabga bormasdan yoki amaliy darslarda qatnashmasdan olishning mutlaqo iloji yo‘q.

​Firibgarlarning tuzog‘iga tushish nafaqat moddiy yo‘qotishlarga, balki yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, xizmat haqini oldindan o‘tkazganingizdan so‘ng, firibgarlar aloqani uzishadi va pullarni o‘zlashtirib olishadi.

Pasport ma’lumotlaringiz, telefon raqamingiz va suratlaringiz noqonuniy maqsadlarda yoki boshqa jinoiy sxemalarda ishlatilishi mumkin.

Ishonchsiz havolalar (fishing) orqali ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz va bank kartalaringiz ustidan nazorat yo‘qolishi hech gap emas.

​Haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritishning qonuniy yo‘li bu akkreditatsiyadan o‘tgan avtomaktablarda ta’lim olish, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va majburiy amaliy haydovchilik darslarida ishtirok etishdir.

​Unutmang, amaliy haydovchilik darslari faqat oflayn tartibda o‘tkaziladi. ​Hech qanday “tanish-bilish” yoki “baza” orqali imtihondan o‘tish tizimi mavjud emas.

Agar siz internetda prava olib berish haqida e’lon ko‘rsangiz yoki shunga o‘xshash takliflarga duch kelsangiz, darhol rasmiy organlarga xabar bering. Firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun faqat rasmiy davlat manbalariga ishoning.

Agar siz firibgarlarning harakatlariga duch kelgan bo‘lsangiz yoki shubhali takliflarni aniqlagan bo‘lsangiz, darhol IIVning 102 raqamiga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling. Unutmang, ogohligingiz — xavfsizligingiz kalitidir!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring