Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozish uchun qancha yugurish kerak?

Ozish uchun qancha yugurish kerak?

Foto: Medium

Yugurish — jismoniy mashqlar orasida eng hammabop va kamxarji, xohish bo‘lsa bas. Tanada moddalar almashinuvini yaxshilab, ozishda yordam beradi, qomatni rostlaydi. Xo‘sh, ozish uchun kuniga qancha yugurish kerak?

Ozish uchun qancha masofaga yugurish har bir insonning vazni, metabolizm (moddalar almashinuvi), qanday parhezdaligi va jismoniy holatiga qarab belgilanadi. Qolaversa, vaznning kamayishida mashg‘ulotlarning muttasilligi va qancha vaqt davom etishi hal qiluvchi ahamiyatga ega, deyishmoqda mutaxassislar.

Umumiy tavsiya ozish uchun haftasiga 150 daqiqadan kam bo‘lmagan o‘rtacha tezlikdagi yugurishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni taxminan kuniga 30 daqiqadan, haftasiga besh kun yugurish, degani. Mabodo yanayam ko‘proq ozmoqchi bo‘lsangiz, yugurish daqiqalari va mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirishingizga to‘g‘ri keladi.

Nisbatan qisqa vaqt ichida ko‘proq kaloriyalarni yoqishda yuqori intensiv interval mashg‘ulotlar dasturi (HIIT) sizga ko‘makka kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring